Sanoat turizmini rivojlantirish choralari o‘rganilmoqda

Sanoat turizmiga iqtisodiyotning turli tarmoqlariga  iqtidorli mutaxassislarni jalb qilishning muhim manbai sifatida qaraladi. Xususan, Germaniyada BMW, Volkswagen, Siyemens, AQShda Boing, Tesla, Apple, Yaponiyada Toyota, Sony, Canon kabi kompaniyalarning zavodlarini borib aholining turli tabaqalari ko‘rish yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda qariyb 60 mingta sanoat korxonasi bor. Ayniqsa, yengil sanoat, tog‘-kon, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika va oziq-ovqat…

Global o‘zgarishlar instituti bilan 2026 yilgi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida 28 aprel kuni Toni Blerning Global o‘zgarishlar instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha boshqaruvchi direktor Yorg Shubert boshchilik qildi. Uchrashuvda o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar yuqori baholandi. Muzokaralar davomida tomonlar qo‘shma loyihalarning borishini muhokama qildi, erishilgan…

Strategik rejalashtirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarining birinchi bosqichi yakunlandi

2026-yil 20–25-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026-yil 12-martdagi bayonnomasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-apreldagi topshirig’iga muvofiq strategik rejalashtirish va rivojlanishni boshqarish sohasida davlat xizmatchilarining kasbiy malakalarini oshirishga qaratilgan maxsus o‘quv kurslarining birinchi bosqichi o‘tkazildi. O‘quv kurslarida vazirlik va idoralar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining…

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tahlil qilindi

Avval xabar qilinganidek, mamlakatimiz vazirlik va idoralarida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga qaratilgan iqtisodiy mashg‘ulotlar davom etmoqda. Navbatdagi shunday tadbir “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi vakillari ham ishtirok etdi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi aholi qadriyatlari va kutilmalarini to‘liq aks ettirishga qaratilgan bo‘lib, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan “xalq…

Mahalliy ekspertlar bilan Uzbekistan Government Quality Award dasturining baholash bosqichi sarhisob qilindi

Avval xabar qilinganidek, 2026-yil fevral oyida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini baholash dasturi — Uzbekistan Government Quality Award ning uchinchi sikliga start berildi. Ushbu dastur vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar faoliyatini mustaqil va kompleks baholash vositasi bo‘lib, har bir idoraning o‘z faoliyati sifatini oshirish yo‘lidagi rivojlanish darajasini xolisona…

Bojxona xodimlari bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi boʻyicha fikr almashildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, vazirlik va idoralarda iqtisodiy oʻquvlar oʻtkazilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasida boʻlib oʻtgan tadbirda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritildi. Sodda qilib aytilgan “xalqni rozi qilish” tushunchasi aslida xalq bilan muloqotni kengaytirish, xalqni bezovta qilayotgan har bir muammoning ildizlarini chuqurroq oʻrganish, har bir davlat…

Davlat xizmatchilari strategik rejalashtirish va boshqaruv sohasida malaka oshirmoqda

Respublikaning 50 dan ortiq vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari uchun strategik rejalashtirish bo’yicha navbatdagi o’quv kurslari boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan davlat qarorlarini ishlab chiqishdan tortib monitoring va natijalarni baholashgacha bo’lgan to’liq bosqichni qamrab oluvchi yagona strategik rejalashtirish tizimi joriy etildi. Shu borada qabul qilingan PF-201-sonli Farmon va № PQ-394-sonli…

Uzbekistan Government Quality Award dasturining uchinchi bosqichi yakunlari sarhisob qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan davlat organlari faoliyati samaradorligini baholashni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, bunda asosiy mezon ularning kundalik faoliyati aholining kutishlariga qanchalik javob berishidir. Ushbu kutishlar har bir davlat organining funksiyalari va vakolatlarida o‘z aksini topadi hamda baholash mezonlarini shakllantiradi. Asosiy ko‘rsatkich sifatida idoralarning aholi bilan ochiq muloqot olib borish qobiliyati,…

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Jahon banki Milliy fazoviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi

Hududlarning barqaror va muvozanatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilayotgan sharoitda, hududlar salohiyatini samarali ochib berish va ularning uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi yagona fazoviy rejalashtirish tizimini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur missiya Milliy fazoviy rivojlanish strategiyasi va…

Shvetsiyaning Milliy savdo kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Skandinaviya mamlakatlarining ijtimoiy yo‘naltirilgan davlatni barpo etish borasidagi tajribasini o‘rganish O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samarali davlat boshqaruvi, barqaror rivojlanish va aholining yuqori farovonlik darajasining eng muvaffaqiyatli namunalaridan biri hisoblanadi.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida Shvetsiyaning Milliy savdo kengashi (Kommerskollegium) delegatsiyasi bilan uchrashuv…