Sanoat turizmini rivojlantirish choralari o‘rganilmoqda

Sanoat turizmiga iqtisodiyotning turli tarmoqlariga  iqtidorli mutaxassislarni jalb qilishning muhim manbai sifatida qaraladi. Xususan, Germaniyada BMW, Volkswagen, Siyemens, AQShda Boing, Tesla, Apple, Yaponiyada Toyota, Sony, Canon kabi kompaniyalarning zavodlarini borib aholining turli tabaqalari ko‘rish yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda qariyb 60 mingta sanoat korxonasi bor. Ayniqsa, yengil sanoat, tog‘-kon, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika va oziq-ovqat…

Strategik rejalashtirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarining birinchi bosqichi yakunlandi

2026-yil 20–25-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026-yil 12-martdagi bayonnomasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-apreldagi topshirig’iga muvofiq strategik rejalashtirish va rivojlanishni boshqarish sohasida davlat xizmatchilarining kasbiy malakalarini oshirishga qaratilgan maxsus o‘quv kurslarining birinchi bosqichi o‘tkazildi. O‘quv kurslarida vazirlik va idoralar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining…

Uzbekistan Government Quality Award dasturining uchinchi bosqichi yakunlari sarhisob qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan davlat organlari faoliyati samaradorligini baholashni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, bunda asosiy mezon ularning kundalik faoliyati aholining kutishlariga qanchalik javob berishidir. Ushbu kutishlar har bir davlat organining funksiyalari va vakolatlarida o‘z aksini topadi hamda baholash mezonlarini shakllantiradi. Asosiy ko‘rsatkich sifatida idoralarning aholi bilan ochiq muloqot olib borish qobiliyati,…

Shvetsiyaning Milliy savdo kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Skandinaviya mamlakatlarining ijtimoiy yo‘naltirilgan davlatni barpo etish borasidagi tajribasini o‘rganish O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samarali davlat boshqaruvi, barqaror rivojlanish va aholining yuqori farovonlik darajasining eng muvaffaqiyatli namunalaridan biri hisoblanadi.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida Shvetsiyaning Milliy savdo kengashi (Kommerskollegium) delegatsiyasi bilan uchrashuv…

Mahalliy baholovchilar xalqaro tajriba asosida o‘qitilmoqda

Davlat boshqaruvi tizimining muhim vazifalaridan biri ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanib, boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirishdir. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini joriy etish bu tajribani qo‘llashning universal mezoni hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-iyundagi 5480-sonli farmoyishiga muvofiq, mamlakatimizda Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Uzbekistan Government Quality Award” dasturi amalga oshirilmoqda. U davlat boshqaruvi…

Davlat boshqaruvi salohiyatini oshirish loyihasi yakunlandi

Toshkent shahrida “O‘zbekiston davlat boshqaruvining salohiyatini oshirishga ko‘maklashish” loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, ish jarayonlarini raqamlashtirish, rahbar va xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu “O‘zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan “xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” maqsadlariga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 oktyabrdagi 201-farmoniga muvofiq, mamlakatimizda strategik rejalashtirish va…

“Real holat” hakatoni g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahrida yoshlar ishtirokida “Real holat” hakatoni (dasturchilar o‘rtasida musobaqa) o‘tkazildi. Bu tadbir ijtimoiy infratuzilma va davlat dasturlari holati to‘g‘risida aholi xabardorligini oshirish hamda bunga yoshlarni jalb etishga qaratilgan. Hakatonda 180 ga yaqin dasturchilarni jamlagan jamoalar jamoatchilik nazoratini ta’minlashga yordam beradigan 36 ta raqamli platforma shaklini ishlab chiqdi. Bunda dasturning qamrovi va foydalanuvchilar uchun qulayligi…

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi bo‘yicha master-trenerlar tayyorlandi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 17-maqsadida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish belgilangan. Bunda shifokorlar malakasi va to‘g‘ri tashxislashning ahamiyati yuqori. Shu maqsadda O‘zbekistonda xalqaro mutaxassislar ishtirokida bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi bo‘yicha master-trenerlarni tayyorlash kursi o‘tkazildi. Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan ginekolog shifokorlar Xalqaro ginekologik saraton jamiyati (IGCS)ning bachadon bo‘yni saratonidan…

Xalqaro maslahatchilar kengashi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida Xalqaro maslahatchilar kengashi a’zolari – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida hamkorlikdagi ishlar natijalari ko‘rib chiqildi. Kengash 2025 yildagi xalqaro siyosiy va iqtisodiy tendensiyalar sharhi hamda tavsiyalarni o‘z ichiga olgan tahliliy materiallar to‘plamini taqdim etdi. Xalqaro maslahatchilar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish jarayonida…

«Uzbekistan Government Quality Award» dasturi bo‘yicha o‘quv boshlandi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida «Uzbekistan Government Quality Award» – Davlat boshqaruvi samaradorligini baholash dasturi bo‘yicha o‘quvlarning navbatdagi bosiqichi boshlandi. Mazkur dastur Birlashgan Arab Amirliklari bilan ikki tomonlama bitim doirasida amalga oshirilmoqda. Uning birinchi va ikkinchi bosqichlari 2023-2024 yillarda o‘tkazilgan. Hozirgi bosqichda vazirlik va idoralar rahbarlarini boshqaruvning samarali vositalari va ilg‘or amaliyotlari bilan tanishtirish ko‘zda…