Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi!

Bugun Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan «Byurokratiyasiz O‘zbekiston» jamoatchilik tashabbusining boshlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda tashabbusning maqsadlari, o‘tkazilish tartibi va kutilayotgan natijalar ma’lum qilindi hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. So‘nggi yillarda davlat xizmatlarini qulay va shaffof qilish bo‘yicha katta ishlar qilindi, ammo ortiqcha hujjat, uzoq kutish va takroriy murojaatlar hali ham uchraydi.…

«Namangan — 2030» strategiyasi

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi sessiyasida hududni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Hujjat Namangan viloyatining imkoniyatlarini, Farg‘ona vodiysining o‘ziga xosligini va aholi talablarini ro‘yobga chiqarishga mo‘ljallangan. Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan hujjat loyihasini tayyorlashda viloyatning ichki salohiyatiga va ustun tomonlariga alohida e’tibor qaratildi. So‘nggi yillarda hudud iqtisodiyotida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. 2025…

Tarkibiy bo‘linmalar xodimlari malaka oshirmoqda

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida strategik rejalashtirish va rivojlanish, tahlil hamda natijadorlikni boshqarish bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi boshlandi. Bundan asosiy maqsad — davlat organlarida strategik boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish, trategik rejalarni aniq natijalar bilan bog‘lash, ko‘rsatkichlarni sifatli shakllantirish hamda ularni monitoring qilish bo‘yicha amaliy bilimlarni mustahkamlashdan iborat. O‘quv kursida vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish…

“Markaziy Osiyo – 2050” kitobi taqdim etildi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi mintaqaviy forsayt muloqotining yakuniy natijalari “Markaziy Osiyo – 2050” kitobida jamlandi. Nashrning asosiy maqsadi – tahliliy materiallarni universitetlar, ilmiy doiralar va ekspertlar hamjamiyatiga yetkazish, shu orqali keyingi tadqiqotlar hamda ilmiy-tahliliy ishlarni dolzarb ma’lumotlar, tendensiyalar va mintaqaviy istiqbollar bilan boyitishdan iborat. “Markaziy Osiyo kelajagi – 2050” nomli forsayt-muloqot 2025-yil may oyida…

Fransiya taraqqiyot agentligi bilan uchrashuv

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari A. Abduqodirov Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari O. Gronvune bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida tomonlar strategik rejalashtirish sohasida oʻzaro hamkorlikning mumkin boʻlgan yoʻnalishlarini koʻrib chiqdilar. Ushbu yoʻnalishlarni «Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi hamda strategik rejalashtirishning milliy tizimi bilan uygʻunlashtirish masalalariga, jumladan uzoq muddatli senariy tahlili va maʼlumotlar…

Vazirlik va idoralar bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi

Bugun “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining 2026-yilning birinchi yarim yilligidagi natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida vazirlik va idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarining strategik rejalashtirish va axborot-tahlil bo‘linmalari rahbarlari, mas’ul xodimlari va vakillari ishtirok etdi. Tadbirni Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Har bir strategik rejalashtirish hujjatining asosi –…

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi

21-avgust kuni Toshkentda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining joriy yil birinchi yarmidagi monitoringi natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, “Yuksalish” harakati va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Ma’lumki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi…

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) loyihalarining Oʻzbekistondagi koordinatori, elchi Antti Karttunen bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda samarali boshqaruv sohasidagi qoʻshma faoliyatni muvofiqlashtirish choralari muhokama qilindi. Muzokaralarni ochar ekan, tomonlar amaliy hamkorlikni rivojlantirish va ekspert tajribasi bilan oʻzaro almashinishdan manfaatdor ekanini qayd etdilar. Muzokaralar chogʻida…

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining sessiyasida “Toshkent — 2030” strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Hujjatga koʻra, kelgusi besh yilda poytaxt iqtisodiyoti 2,1 baravar — 60,4 milliard dollarga oʻstiriladi, lekin asosiy eʼtibor raqamlarning oʻziga emas, bu oʻsishning har bir poytaxt aholisi hayotiga qanday kirib kelishiga qaratilgan. Strategiyani sessiyada Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Abdulla Abduqodirov taqdim etdi. Muhokamada…