Bojxona xodimlari bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi boʻyicha fikr almashildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, vazirlik va idoralarda iqtisodiy oʻquvlar oʻtkazilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasida boʻlib oʻtgan tadbirda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritildi. Sodda qilib aytilgan “xalqni rozi qilish” tushunchasi aslida xalq bilan muloqotni kengaytirish, xalqni bezovta qilayotgan har bir muammoning ildizlarini chuqurroq oʻrganish, har bir davlat…

Toshkentda strategik rejalashtirish va natijadorlikni boshqarish bo‘yicha IHHT seminari bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbir “IHHT ning O‘zbekistondagi davlat boshqaruvi sharhi” loyihasining ikkinchi bosqichi salohiyatni oshirish doirasida o‘tkazilgan to‘rtinchi seminar bo‘lib, unda mamlakatning asosiy davlat idoralari vakillari ishtirok etdi. 15-aprel kuni Qonunchilik va huquqiy siyosat institutida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHHT) bilan hamkorlikda hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida strategik rejalashtirish…

Davlat boshqaruvi sohasida xalqaro hamkorlik strategik rejalashtirish tizimidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda kengaytiriladi

Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish bilan bevosita bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHHT) bilan hamkorlik O‘zbekistonda strategik rejalashtirish va boshqaruv yondashuvlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2022–2024-yillar davomida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHHT) O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oltita asosiy yo‘nalish bo‘yicha…

Hududlardagi strategik rejalar samaradorligi o‘zgacha mezonlar bilan o‘lchanadi

Davlatimiz rahbarining shu yil 16 fevraldagi PF-21 sonli farmonida mamlakatimiz taraqqiyotining 2030 yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Unda soha, tarmoq va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalashtirish hujjatlari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan holda ishlab chiqilishi belgilangan. Shu vaqtga qadar hududlarning rivojlanish rejalari muayyan strategik mantiqqa bo‘ysunmagan bo‘lib, ko‘p hollarda…

Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi yangicha yondashuvlar asosida tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizni strategik rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2025-yil 30-oktyabrda Davlatimiz Rahbari “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmon qabul qilgan edi. Kuni kecha, 29-dekabr kuni ushbu tizimni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha Prezident qarori imzolandi. Mazkur qaror bilan, Strategik…

Tuman va shaharlarda natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Avval xabar berilgandek, bu hujjat Davlatimiz Rahbarining topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Strategik islohotlar agentligi tomonidan ishlab chiqildi. Farmon ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Bunday tizim, tajriba-sinov tariqasida, 45 ta tuman…

Britaniya telekanalida Oʻzbekiston haqidagi film premyerasi

Strategik islohotlar agentligi, Turizm qoʻmitasi va mamlakatimizning Londondagi elchixonasi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (O‘zbekiston – oltin yo‘l) nomli hujjatli film yaratildi. Kartina britaniyalik mashhur olima, yozuvchi va teleboshlovchi Bettany Xyuz tomonidan “TREASURES OF THE WORLD” (Jahon xazinalari) seriali doirasida suratga olingan. Unda mamlakatimiz tarixi va tabiati zamonaviy kinoeffektlar orqali yoritilgan. ❗️Film premyerasi bugun,…

Amaliy tadbirlar rejasi muhokama qilindi

Farg‘onada o‘tgan xalqaro forum doirasida O‘zbekiston Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov Qirg‘iz Respublikasi Milliy strategik tashabbuslar instituti direktori o‘rinbosari Nurlan Dardanov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda Agentlik va Institut o‘rtasida tajriba almashish muhimligi alohida ta’kidlandi. Strategik rejalashtirish va innovatsion yechimlar sohasidagi hamkorlikdagi ishlar boshqaruv natijadorligini oshirish va islohotlarni samarali tatbiq etishga xizmat qilishi qayd etildi.…

Islohotlar va tadqiqotlar sohasida mintaqaviy hamkorlik kengaymoqda

Joriy yil 15-16 oktyabr kunlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan xalqaro forum doirasida O‘zbekiston Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov va Qozog‘iston Strategik tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari Alua Joldibalinaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqotda yaqin istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, kichik va o‘rta shaharlarni boshqarish hamda rivojlantirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni shakllantirish, urbanizatsiya darajasini oshirish, qo‘shma…

Farg‘ona vodiysi – tinchlik, taraqqiyot va islohotlar hududi

Farg‘ona shahrida «Farg‘ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtirish» mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. U barqaror rivojlanish va mintaqaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro muloqot maydoniga aylandi. Forum O‘zbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etildi. Anjumanda MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlarining strategik tadqiqot va islohotlar bo‘yicha etakchi muassasalari ekspertlari, fuqarolik jamiyati, ishbilarmon va…