Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan

Nurafshon shahrida boʻlib oʻtgan Xalq deputatlari kengashining navbatdagi sessiyasida Toshkent viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi. Bu hujjat “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mantiqiy bir qismi boʻlib, unda Toshkent viloyati boʻyicha 70 dan ortiq maqsadlar belgilangan. Mamlakatimizda imkoniyatlar ham, aholining talabi ham oshib boryapti. Kelgusida rivojlanish surʼatlarini yanada oshirish va uni odamlar hayotida aks ettirish…

«Xorazm – 2030»: strategiya hududda odamlar hayotini qanday oʻzgartiradi?

Yangi ish oʻrni, oila daromadining oshishi, farzand uchun sifatli taʼlim va uydan uzoqda bo‘lmagan munosib mehnat sharoiti. «Xorazm — 2030» rivojlanish strategiyasi aynan shu kundalik ehtiyojlardan boshlanadi. Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasida muhokama qilingan loyihaning oʻzagida bitta savol turadi: har bir belgilangan marra oddiy xorazmlik hayotida qanday aks etadi? Strategiya Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish…

«Qashqadaryo – 2030» strategiyasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi sessiyasida «Qashqadaryo – 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Hujjatning asosiy maqsadi 3,7 milliondan ziyod hudud aholisining kundalik hayotini yaxshilash, har bir oilaning farovonligini oshirishdir. Muhokamada deputatlar, tarmoq idoralari rahbarlari, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Strategiyada asosiy e’tibor avvalo ish o‘rni va munosib daromad masalasiga qaratilgan. Rejaga ko‘ra, faqat sanoat…

“Sirdaryo – 2030” strategiyasi loyihasi ma’qullandi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida “Sirdaryo – 2030” strategiyasi loyihasi ma’qullandi. Hujjatning bosh maqsadi — har bir tuman va mahallada odamlar farovonligini oshirish: yangi ish oʻrinlari yaratish, oilalar daromadini koʻpaytirish va aholiga sifatli taʼlim, toza suv hamda munosib turmush sharoitini taʼminlashdir. Loyiha Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan viloyat hokimligi va soha…

«Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokamasi

Navoiy viloyati xalq deputatlari Kengashi sessiyasida «Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Hujjat Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan viloyat hokimligi hamda soha idoralari bilan hamkorlikda tayyorlangan. Strategiyaning bosh g‘oyasi — viloyatning sanoat quvvatini real farovonlikka yo‘naltirishdan iborat. 2030-yilga borib Navoiy viloyatini yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan, eksport va «aqlli shahar» boshqaruvi bo‘yicha…

“Samarqand – 2030” strategiyasi loyihasi xalq deputatlariga maʼqul boʻldi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sessiyasida “Samarqand – 2030” strategiyasi maʼqullandi. Hujjatga koʻra, viloyat iqtisodiyoti besh yil ichida ikki baravar — 20,5 milliard dollarga oʻstiriladi, asosiy urgʻu turizm, xizmatlar eksporti va raqamli iqtisodiyotga beriladi. Bunday ustuvorlik bejiz emas. Taqdimot davomida qayd etilganidek, viloyatning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi soʻnggi yillarda 8,4 % dan 6,6 % ga qisqargan,…

Andijon viloyatida hududiy strategiya loyihasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida hududni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Sessiyada Kengash deputatlari, tarmoq idoralari rahbarlari, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining oʻrinbosari Tohirjon Safarov ishtirok etib, Strategiya loyihasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor maqsadlar va ularga erishish mexanizmlari…

Surxondaryo viloyatida «Surxondaryo — 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

2026-yil 27-iyul kuni Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida muhokamaga qo‘yildi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan viloyat hokimligi hamda tegishli idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. «Surxondaryo — 2030» strategiyasi umummilliy «O‘zbekiston — 2030» strategiyasining hududiy…

Jizzax viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi ko‘rib chiqildi

Hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2030 yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyalari loyihalarini muhokama qilish davom etmoqda. Navbatdagi muhokama 2026-yil 24-iyul kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 31-sessiyasida bo‘lib o‘tdi. Jizzax viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi yuzasidan deputatlar oldida Agentlik direktorining o‘rinbosari Tohirjon Safarov so‘zga…

«Buxoro – 2030»: Buxoro viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

2026-yil 24-iyul kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo’lib o’tdi. Kun tartibidagi birinchi masala sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Strategiya loyihasini sessiyada Agentlik direktorining birinchi o’rinbosari A. Abduqodirov taqdim etdi. O’zbekiston Respublikasi…