Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida strategik rejalashtirish va rivojlanish, tahlil hamda natijadorlikni boshqarish bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi boshlandi.
Bundan asosiy maqsad — davlat organlarida strategik boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish, trategik rejalarni aniq natijalar bilan bog‘lash, ko‘rsatkichlarni sifatli shakllantirish hamda ularni monitoring qilish bo‘yicha amaliy bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
O‘quv kursida vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘linmalari hamda hududiy axborot-tahlil guruhlarining xodimlari ishtirok etmoqda.
O‘quv dasturi strategik rejalashtirishning asosiy tamoyillari bilan bir qatorda quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olmoqda:
- strategik tahlil va ma’lumotlar asosida xulosa hamda takliflar ishlab chiqish;
- strategik maqsad va vazifalarni to‘g‘ri shakllantirish;
- samaradorlik va KPI ko‘rsatkichlarini belgilash;
- maqsadli ko‘rsatkichlarning joriy holatini tahlil qilish;
- strategik hujjatlarni ishlab chiqish va o‘zaro muvofiqlashtirish;
- strategik hujjatlar ijrosini monitoring qilish;
- natijadorlikni baholash va tahlil natijalaridan boshqaruv qarorlarida
Mashg‘ulotlar davomida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida amaliy keyslar, tahliliy topshiriqlar, guruhli muhokamalar va turli boshqaruv vaziyatlariga asoslangan mashqlardan foydalanilmoqda.

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan maqsadlarni samarali amalga oshirish davlat organlarida strategik rejalashtirish va tahlil salohiyatini rivojlantirishni talab etadi. Mazkur maxsus o‘quv kursi ham ana shu vazifalarning uzviy davomi bo‘lib, davlat organlarida strategik fikrlash, dalillarga asoslangan tahlil, natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv va strategik maqsadlarga erishish uchun mas’uliyatli yondashuvni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bunday o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi «Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 201-sonli Farmoniga muvofiq muntazam tashkil etib kelinmoqda.






