Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari malakasi oshirildi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi. O‘quv yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu kurs hududlarni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyalarini sifatli ishlab chiqish, ularning ijrosi monitoringini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda mas’ul xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishga…

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumining gʼoliblari aniqlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 iyuldagi 113-son “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq, yurtimizda “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʼtkazish amaliyoti joriy qilingan edi. Bu forum keng aholi qatlamining istiqbolli tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash hamda amalga oshirishga qaratilgan. Ushbu tizimni yoʼlga qoʼyish maqsadida kelajakuchun.gov.uz kraud platformasi yaratilib, ishga tushirildi.…

Hududiy strategiyalarni ishlab chiqish vazifalari belgilab olindi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizni strategik rejalashtirish va rivojlantirish tizimidagi eng muhim hujjatdir. Aslida bu Prezident tomonidan jamiyatga taklif etilgan va jamiyat qo‘llab-quvvatlagan (3000 dan ortiq takliflar kelib tushgan) ijtimoiy shartnomadir. Uni tasdiqlash bo‘yicha joriy yil 16 fevralda qabul qilingan Prezident farmonida, jumladan, 2026 yilda ishlab chiqiladigan strategik rejalashtirish hujjatlari ro‘yxati keltirilgan. Shular ichida barcha…

Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 15-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi o‘tkazildi. Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu kurs hududlarni 2030-yilgacha rivojlantirish…

“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida xalqaro seminar-trening boshlandi

2026-yil 12-may kuni “Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari uchun xalqaro seminar-trening tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki kunlik tadbir Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklari ekspertlari ko‘magida tashkil etildi. Ochilish marosimida Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari, davlat tajribasi almashinuvi bo‘yicha mas’ul vakil…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-113-son Farmoniga muvofiq joriy etilgan “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi xalq bilan muloqot va fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning muhim platformasiga aylanmoqda. Mazkur forum 2025 yildan boshlab har yili o‘tkazilishi belgilangan. Forum keng jamoatchilikni, xususan, mutaxassislar, yoshlar, tadbirkorlar, olimlar va faol…