Mahalliy baholovchilar xalqaro tajriba asosida o‘qitilmoqda

Davlat boshqaruvi tizimining muhim vazifalaridan biri ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanib, boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirishdir. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini joriy etish bu tajribani qo‘llashning universal mezoni hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-iyundagi 5480-sonli farmoyishiga muvofiq, mamlakatimizda Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Uzbekistan Government Quality Award” dasturi amalga oshirilmoqda. U davlat boshqaruvi…

Davlat boshqaruvi salohiyatini oshirish loyihasi yakunlandi

Toshkent shahrida “O‘zbekiston davlat boshqaruvining salohiyatini oshirishga ko‘maklashish” loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, ish jarayonlarini raqamlashtirish, rahbar va xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu “O‘zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan “xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” maqsadlariga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 oktyabrdagi 201-farmoniga muvofiq, mamlakatimizda strategik rejalashtirish va…

“Real holat” hakatoni g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahrida yoshlar ishtirokida “Real holat” hakatoni (dasturchilar o‘rtasida musobaqa) o‘tkazildi. Bu tadbir ijtimoiy infratuzilma va davlat dasturlari holati to‘g‘risida aholi xabardorligini oshirish hamda bunga yoshlarni jalb etishga qaratilgan. Hakatonda 180 ga yaqin dasturchilarni jamlagan jamoalar jamoatchilik nazoratini ta’minlashga yordam beradigan 36 ta raqamli platforma shaklini ishlab chiqdi. Bunda dasturning qamrovi va foydalanuvchilar uchun qulayligi…

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi bo‘yicha master-trenerlar tayyorlandi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 17-maqsadida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish belgilangan. Bunda shifokorlar malakasi va to‘g‘ri tashxislashning ahamiyati yuqori. Shu maqsadda O‘zbekistonda xalqaro mutaxassislar ishtirokida bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi bo‘yicha master-trenerlarni tayyorlash kursi o‘tkazildi. Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan ginekolog shifokorlar Xalqaro ginekologik saraton jamiyati (IGCS)ning bachadon bo‘yni saratonidan…