Agentlikda elektron to‘lovlar ulushini oshirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Strategik islohotlar agentligida Elektron to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqish doirasida bir qator kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda naqdsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish va mavjud cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Xususan, marketpleyslar rivoji elektron savdo hajmining ortishiga xizmat qilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, norasmiy yo‘llar bilan olib kirilgan…









