Fransiya taraqqiyot agentligi bilan uchrashuv
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari A. Abduqodirov Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari O. Gronvune bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida tomonlar strategik rejalashtirish sohasida oʻzaro hamkorlikning mumkin boʻlgan yoʻnalishlarini koʻrib chiqdilar. Ushbu yoʻnalishlarni «Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi hamda strategik rejalashtirishning milliy tizimi bilan uygʻunlashtirish masalalariga, jumladan uzoq muddatli senariy tahlili va maʼlumotlar…
