Ishonchli ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv yondashuvlari muhokama qilindi
Bugun Toshkentda ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish madaniyatini shakllantirish hamda davlat boshqaruvining barcha darajalarida monitoring va baholash tizimini isloh etish zarurligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Strategik islohotlar agentligi, Latviya Respublikasining O‘zbekistonda davlat boshqaruvi salohiyatini qo‘llab-quvvatlash loyihasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida tashkil etilib, unda 50 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari ishtirok…









