Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 15-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi o‘tkazildi. Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu kurs hududlarni 2030-yilgacha rivojlantirish…
