2026-yil · I yarim yillik · 1-iyul holatiga
Raqamli monitoring platformasi

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining I-yarim yillik monitoringi natijalari

Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali 72 ta tashkilot kesimida 437 ta samaradorlik koʻrsatkichi monitoring qilindi.

Jami strategiya koʻrsatkichlari 437 raqamli platformada
I-yarim yillik yakuni bo‘yicha baholangan 206 toifalangan koʻrsatkich

Hisobot davrida Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi toʻliq ishga tushirildi. Tizim orqali samaradorlik koʻrsatkichlariga masʼul 72 ta tashkilot tomonidan maʼlumotlarni kiritib borish hamda monitoring qilish tartibi yoʻlga qoʻyildi.

Farmonda 437 ta koʻrsatkichdan 13 tasi uchun 2026-yilga maqsadli qiymat belgilanmagan — ular joriy yil bahosidan tashqarida. Qolgan 424 ta koʻrsatkichdan 206 tasining ijro holati I-yarim yillik yakuni boʻyicha Farmonda belgilangan tartibda baholanib, uch toifaga ajratildi; 218 tasi yil yakunida baholanadi.

162 taOʻz vaqtida va toʻliq erishilgan (“yashil”) koʻrsatkichlar
79%
35 taBartaraf etish imkoni bor, lekin kechikishlar kuzatilayotgan (“sariq”) koʻrsatkichlar
17%
9 taJiddiy kechikishdagi (“qizil”) koʻrsatkichlar
4%
1-diagramma

Strategiya ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ijro holati

  • 100%Har bir yoʻnalish alohida shkala sifatida ko‘rsatiladi.
  • 3 rangYashil, sariq va qizil segmentlar shu yoʻnalishdagi jami ko‘rsatkichlar tarkibini bildiradi.
“Yashil”Oʻz vaqtida va toʻliq erishilgan koʻrsatkichlar “Sariq”Bartaraf etish imkoni bor, lekin kechikishlar kuzatilayotgan koʻrsatkichlar “Qizil”Jiddiy kechikishdagi koʻrsatkichlar
Har bir qator — o‘z jami ko‘rsatkichlariga nisbatan 100%
93%
Eng yuqori natija

“Qonun ustuvorligi” yoʻnalishida 14 ta koʻrsatkich toʻliq bajarilgan.

70%
Eng past natija

“Barqaror iqtisodiy oʻsish” yoʻnalishida 21 ta “sariq” koʻrsatkich jamlangan.

“Yashil” toifa

37 ta vazirlik va idora tomonidan 162 ta koʻrsatkich bajarilgan

2-diagramma Vazirlik va idoralar kesimida bajarilgan koʻrsatkichlar soni

Har bir qatorning to‘liq uzunligi — shu tashkilotdagi jami ko‘rsatkichlar soni. Yashil qism bajarilgan, kulrang qism qolgan ko‘rsatkichlarni bildiradi.

Eng yuqori natija

Belgilangan maqsadlarni toʻliq bajargan TOP-5

Quyidagi tashkilotlarda muddati kelgan koʻrsatkichlarning barchasi toʻliq bajarilgan.

  1. Adliya vazirligi
  2. Turizm qoʻmitasi
  3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi
  4. Yoshlar ishlari agentligi
  5. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

Oʻtkazilayotgan tahlil va oʻrganishlar islohotlarning amaliy samarasi aholining turmush sharoiti hamda hayot sifati yaxshilanishida oʻz ifodasini topayotganini koʻrsatmoqda.

“Sariq” toifa

35 ta koʻrsatkichda kechikish mavjud

  • 21 ta“II. Barqaror iqtisodiy oʻsish” yoʻnalishiga toʻgʻri keladi.
  • 60%Jami “sariq” toifadagi koʻrsatkichlarning ulushi.
3-diagramma “Sariq” toifadagi koʻrsatkichlarning sohalar kesimidagi taqsimoti

Doira sektorlari ijro darajasini emas, 35 ta “sariq” koʻrsatkichning sohalar boʻyicha soni va ulushini bildiradi.

4-diagramma “Sariq” toifadagi koʻrsatkichlarning yarim yillik ijro darajasi
“Qizil” toifa

8 ta vazirlik va idora tomonidan 9 ta koʻrsatkich bajarilmagan

  • 4–69%Koʻrsatkichlarning yarim yillik ijro darajasi.
  • 80%“Sariq” toifaga oʻtish chegarasi.
5-diagramma Bajarilmagan (“qizil”) 9 ta koʻrsatkichning ijro darajasi

Tahlilga koʻra, bajarilmagan 9 ta koʻrsatkich 4 ta strategik yoʻnalishga toʻgʻri keladi.

4-boʻlim

I yarim yillikda baholanmagan koʻrsatkichlarning yil yakuni boʻyicha istiqboli

  • 424 takoʻrsatkich 2026-yilda baholanadi (437 tadan 13 tasiga joriy yil maqsadi belgilanmagan).
  • 218 takoʻrsatkich ushbu boʻlimda tahlil qilinadi — I yarim yillikda baholangan 206 tadan tashqari qolgan qismi.
  • 6 oyI yarim yillikdagi oyma-oy dinamika va oʻzgarish tendensiyasi tahlil qilindi.
118 ta

Belgilangan maqsadga erishish ehtimoli yuqori

Muammolar kuzatilmagan.

85 ta

Ijobiy tendensiya yetarli emas

Ijroni toʻliq taʼminlash uchun alohida eʼtibor qaratish talab etiladi.

15 ta

Ishlarni boshlash keyingi davrlarga rejalashtirilgan

Ishlar III–IV choraklarda boshlanishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun. Strategiyaning 437 ta koʻrsatkichidan 13 tasi uchun Farmonda 2026-yilga maqsadli qiymat belgilanmagan — ular boʻyicha natija keyingi yillarda (2027–2030) baholanadi, shu bois joriy yil bahosiga kiritilmadi: 17, 29, 45, 130, 200, 224, 270, 335, 345, 390, 391, 392, 418. Shu sababli 2026-yilda baholanadigan koʻrsatkichlar soni — 424 ta (206 ta I yarim yillik yakuni boʻyicha, 218 ta yil yakunida).

Yagona ijrochi bo‘yicha hisoblangan reyting

Tashkilotlar reytingi

Har bir qatorda bitta masʼul tashkilot ko‘rsatiladi: chap tomonda I yarim yillik natijalari, o‘ng tomonda yil yakuni bo‘yicha umumiy baho. Rangli segmentlar ko‘rsatkichlar sonini, yonidagi raqamlar esa 0–100 oralig‘idagi indeksni bildiradi.

Saralash
I yarim yillik Bajarilgan Kechikmoqda Bajarilmagan
Yil yakuni Bajarish ehtimoli yuqori Kechikish xavfi bor Boshqalar
Ijro samaradorligini oshirish

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish darajasini oshirish yuzasidan ko‘riladigan choralar

  • MaqsadMuammoli ko‘rsatkichlar ijrosini yil yakuniga qadar to‘liq taʼminlash.
  • YondashuvMasʼul vazirlik va idoralar tomonidan tashkiliy va amaliy choralarni amalga oshirish.
9

Bajarilmagan (“qizil” toifadagi) 9 ta ko‘rsatkich bo‘yicha:

Tezkor tahlil, manzilli yordam va shaxsiy masʼuliyatni kuchaytirish.

  1. ko‘rsatkichlarning bajarilmaslik sabablarini chuqur tahlil qilgan holda, talab etiladigan ekspert yordami, qo‘shimcha resurslar va boshqa amaliy ko‘mak to‘g‘risida aniq takliflarni kiritish;
  2. ko‘rsatkich ijrosiga biriktirilgan har bir kompleks rahbari va masʼul xodimlari tomonidan ko‘rsatkichlar ijrosini to‘laqonli taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini taʼminlash;
  3. masʼul vazirlik va idoralar tomonidan joriy yil yakuniga qadar belgilangan chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil etib, ko‘rsatkichlar ijrosini to‘liq taʼminlash.
35

Kechikish mavjud (“sariq” toifadagi) 35 ta ko‘rsatkich bo‘yicha

Aniq reja-grafiklarni qayta tasdiqlash.

Kechikish mavjud (“sariq” toifadagi) 35 ta ko‘rsatkichga masʼul idoralar tomonidan yil yakunigacha ijroni to‘liq taʼminlaydigan reja-grafiklarni qaytadan tasdiqlab, ijroga qaratish.