Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi bo‘yicha master-trenerlar tayyorlandi
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 17-maqsadida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish belgilangan. Bunda shifokorlar malakasi va to‘g‘ri tashxislashning ahamiyati yuqori. Shu maqsadda O‘zbekistonda xalqaro mutaxassislar ishtirokida bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi bo‘yicha master-trenerlarni tayyorlash kursi o‘tkazildi. Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan ginekolog shifokorlar Xalqaro ginekologik saraton jamiyati (IGCS)ning bachadon bo‘yni saratonidan…
