Jamoatchilik takliflari ochiq muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbusga muvofiq, shu kunlarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmoqda. Yurtdoshlarimiz bu muhim hayotiy hujjatga daxldorligini his qilib, takliflarini faol yo‘llamoqda. Bugungi kungacha Strategiya loyihasi bo‘yicha 2 ming 500 ga yaqin fikr va izohlar yuborildi. Ular orasida asosli va qiziqarli takliflar ko‘p. Shu bois Strategik rivojlanish…