Davlat boshqaruvi salohiyatini oshirish loyihasi yakunlandi

Toshkent shahrida “O‘zbekiston davlat boshqaruvining salohiyatini oshirishga ko‘maklashish” loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, ish jarayonlarini raqamlashtirish, rahbar va xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu “O‘zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan “xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” maqsadlariga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 oktyabrdagi 201-farmoniga muvofiq, mamlakatimizda strategik rejalashtirish va…

“Real holat” hakatoni g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahrida yoshlar ishtirokida “Real holat” hakatoni (dasturchilar o‘rtasida musobaqa) o‘tkazildi. Bu tadbir ijtimoiy infratuzilma va davlat dasturlari holati to‘g‘risida aholi xabardorligini oshirish hamda bunga yoshlarni jalb etishga qaratilgan. Hakatonda 180 ga yaqin dasturchilarni jamlagan jamoalar jamoatchilik nazoratini ta’minlashga yordam beradigan 36 ta raqamli platforma shaklini ishlab chiqdi. Bunda dasturning qamrovi va foydalanuvchilar uchun qulayligi…

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi bo‘yicha master-trenerlar tayyorlandi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 17-maqsadida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish belgilangan. Bunda shifokorlar malakasi va to‘g‘ri tashxislashning ahamiyati yuqori. Shu maqsadda O‘zbekistonda xalqaro mutaxassislar ishtirokida bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi bo‘yicha master-trenerlarni tayyorlash kursi o‘tkazildi. Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan ginekolog shifokorlar Xalqaro ginekologik saraton jamiyati (IGCS)ning bachadon bo‘yni saratonidan…

Xalqaro maslahatchilar kengashi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida Xalqaro maslahatchilar kengashi a’zolari – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida hamkorlikdagi ishlar natijalari ko‘rib chiqildi. Kengash 2025 yildagi xalqaro siyosiy va iqtisodiy tendensiyalar sharhi hamda tavsiyalarni o‘z ichiga olgan tahliliy materiallar to‘plamini taqdim etdi. Xalqaro maslahatchilar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish jarayonida…

«Uzbekistan Government Quality Award» dasturi bo‘yicha o‘quv boshlandi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida «Uzbekistan Government Quality Award» – Davlat boshqaruvi samaradorligini baholash dasturi bo‘yicha o‘quvlarning navbatdagi bosiqichi boshlandi. Mazkur dastur Birlashgan Arab Amirliklari bilan ikki tomonlama bitim doirasida amalga oshirilmoqda. Uning birinchi va ikkinchi bosqichlari 2023-2024 yillarda o‘tkazilgan. Hozirgi bosqichda vazirlik va idoralar rahbarlarini boshqaruvning samarali vositalari va ilg‘or amaliyotlari bilan tanishtirish ko‘zda…

Davlat dasturiga oid Farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirildi. Islohotlar dasturlarida 2026 yil uchun: – mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish; – iqtisodiyotni texnologik o‘sish modeliga o‘tkazish, – yangi…

Strategiya yuzasidan samimiy muloqot

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishdan maqsad uni xalqchil strategiyaga aylantirishdir. Shu bois uning loyihasi regulation.gov.uz hamda uzbekistan2030.uz veb-saytlarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Mamlakatimiz kelajagini belgilaydigan mazkur hujjatga hozirgacha yurtdoshlarimizdan 3 mingga yaqin fikr va takliflar kelib tushdi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va boshqa tahliliy tuzilmalar tomonidan doimiy…

Jamoatchilik takliflari ochiq muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbusga muvofiq, shu kunlarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmoqda. Yurtdoshlarimiz bu muhim hayotiy hujjatga daxldorligini his qilib, takliflarini faol yo‘llamoqda. Bugungi kungacha Strategiya loyihasi bo‘yicha 2 ming 500 ga yaqin fikr va izohlar yuborildi. Ular orasida asosli va qiziqarli takliflar ko‘p. Shu bois Strategik rivojlanish…