Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi yangicha yondashuvlar asosida tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizni strategik rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2025-yil 29-oktyabrda Davlatimiz Rahbari “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmon qabul qilgan edi. Kuni kecha, 29-dekabr kuni ushbu tizimni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha Prezident qarori imzolandi. Mazkur qaror bilan, Strategik…

Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibidagi tuzilmalar faoliyati va kelgusi rejalari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalida Kengashning 2025-yildagi faoliyati sarhisob qilindi. Bundan bir yil oldin u Davlatimiz Rahbarining qaroriga asosan Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash sifatida ish boshlagan edi. O‘tgan davrda soha, tarmoq va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, strategik xavfsizlikni…

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda tayyorlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26 dekabr kuni o‘z Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasini ta’kidladi. 2023 yilda qabul qilingan bu dasturiy hujjat barcha soha va tarmoqlarda ulkan natijalarga zamin bo‘lib kelmoqda. Kambag‘allik darajasi 11 foizdan 6,8 foizga, ishsizlik 6,8 foizdan 4,9 foizga tushdi, yalpi ichki mahsulot hajmi 103 mlrd dollardan 145…

Xalqaro maslahat kengashi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuqori baholadi

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov Xalqaro maslahat kengashi a’zolari – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Suhbatda mazkur kengash bilan hamkorlikning bugungi holati, yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Xalqaro maslahatchilar tavsiyalari bir qator hujjatlarda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 22 oktyabrda qabul qilingan PF-186-son…

Raqamli portal interfeysini ishlab chiqish bo‘yicha milliy xakaton boshlandi

Toshkentda fuqarolar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan raqamli portalning interfeysini yaratish bo‘yicha milliy xakaton boshlandi. Xakaton ijtimoiy sohada davlat investitsiyalarini boshqarishga qaratilgan geoasr.uz geoportalida raqamli yechimlarni yaratish vazifasi atrofida faol yoshlar, dasturchilar va tahlilchilarni birlashtirdi. Loyiha Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Xakatonning asosiy maqsadi ijtimoiy muassasalar – maktablar, bolalar…

Tashabbus yo‘llab, muvaffaqiyatga erishing

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi qizg‘in pallaga kirdi. O‘tgan qisqa davrda kelajakuchun.gov.uz platformasiga fuqarolardan 100 dan ortiq takliflar kelib tushdi. Ular orasida tadbirkorlik, raqamli texnologiyalar,  energetika, tibbiyot va ta’lim, ekologiya, suv xo‘jaligi, sud-huquq sohalari bo‘yicha qiziqarli g‘oyalar bor. Misol uchun, qashqadaryolik fuqaro A.J. “aqlli” havo tozalovchi panel yaratish va uni havo sifati yomonlashgan shaharlarda o‘rnatish…

Naqd pulsiz to‘lovlar ulushi 75 foizga yetkaziladi

Avval xabar berganimizdek, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan onlayn to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha takliflar hamda hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi. Mazkur chora-tadbirlarni ishlab chiqishda elektron to‘lovlar sohasi rivojlangan davlatlarning tajribasi o‘rganildi, bu borada mahalliy va xorijiy to‘lov tizimi operatorlari, banklar va yirik fintex kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bugun O‘zbekiston…

Onkologiya mutaxassislari Amerikada malaka oshirdi

Respublika onkologiya va radiologiya markazining bir guruh mutaxassislari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Huntsman saraton institutida malaka oshirdi. Bu o‘quv safari Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tashabbusi bilan AQSHning “The Stirling Foundation” xayriya jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024 yil 22 noyabrda qabul qilingan “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori…

Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi

Mamlakatni bilimli, fidoyi va shijoatli insonlar rivojlantiradi. O‘zbekistonda barcha islohot va rejalar xalqimizning talab va takliflariga tayanadi. Endi buning uchun qulay imkoniyat bor – “Kelajak uchun” forumi istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni. Undan asosiy maqsad soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini ta’minlashdir. Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025…

Sheriklik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi

28-noyabr kuni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori Bahodir Rahmatov Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari – “Yevropa, O‘rta yer dengizi va Markaziy Osiyo” mintaqaviy departamenti bosh direktori Karsten Shmits-Xoffmann hamda jamiyatning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yoaxim Frits bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida hamkorlikda qilingan ishlar, xususan, strategik rejalashtirish sohasida erishilgan natijalar muhokama qilindi. GIZ eksperti Zorka…