Qishloq hududlarga mos sanitariya loyihasi ishga tushdi

Hududlarda ijtimoiy sohalar yaxshilanishi, aholining turmush madaniyati oshishida maishiy sharoitlar juda muhim. Markazlashgan oqova tarmog‘i bo‘lmagan chekka joylar uchun muqobil texnik yechimlar qo‘l keladi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi 11-maktabda shunday alohida tarmoqqa ega hojatxona barpo etildi. Loyiha Strategik islohotlar agentligining “Delivery Unit” guruhi tashabbusi bilan AQSH tajribasi asosida, grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Amerikaning chekka…

Maslahatlashuvlarni mustahkamlashga kelishib olindi

Strategik islohotlar agentligida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari Arno Prete, Izabel Shatri, Migel Bover va Elina Smetanina bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Agentlik direktori Baxodir Raxmatov ekspertlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda davlat boshqaruvi isloh qilinayotganini ta’kidladi. Bu borada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi. Xususan,…

Nomarkazlashtirish va hududiy boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkentda 8-9-oktyabr kunlari nomarkazlashtirish va hududiy boshqaruvni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Strategik islohotlar agentligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamkorligida, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ko‘magida tashkil etildi. Seminar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “O‘zbekiston bo‘yicha davlat boshqaruvi sharhi”ning (Public Governance Review) ikkinchi bosqichi doirasida o‘tkazilib, birinchi…

Tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tungi iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi qarori loyihasi tayyorlandi. Hujjatni tayyorlash jarayonida MDH, ShHT, Yevropa Ittifoqi va boshqa xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilib, shuningdek, ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasi tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Loyihada 2030-yilgacha tungi iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari…

O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Binxay Yangi Hududi tajribasi o‘rganildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Binxay Yangi Hududi tajribasini o‘rganmoqda Strategik islohotlar agentligi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Tyanszin shahrida joylashgan Binxay Yangi Hududiga tashrif buyurib, hududning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari va boshqaruv tizimini o‘rgandi. Ma’lumot uchun: Binxay 2009-yilda uchta tumanning qo‘shilishi natijasida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 2 milliondan ortiq aholiga ega. Hudud 1984-yildan buyon maxsus iqtisodiy zona…

Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi

Davlat organlarida ma’lumotlarni raqamli yig‘ish, shakllantirish, almashish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishda yagona yondashuvni joriy etish maqsadida Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyihani ishlab chiqishda Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasining sohaga mas’ul bo‘lgan vakillari va bir qator xorijiy ekspertlar bilan muhokamalar o‘tkazilib,…

Oʻzbekiston turizmini 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi uchun dastlabki takliflar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston turizmini 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi doirasida “Reformatics” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tayyorlangan oraliq hisobot taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda Strategik islohotlar agentligi, Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy bank, Milliy statistika qoʻmitasi, Madaniy meros agentligi, Madaniyat…

Agentlik huzuridagi “Delivery Unit” ofisi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, oqova tizimlari va avtonom sanitariya tizimlari bo‘yicha axborot-tahliliy va uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi

Mazkur qo‘llanma O‘zbekistonda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarini chiqarish sohasidagi asosiy muammolarni har tomonlama tahlil qiladi. Hujjatda aholining markazlashgan ichimlik suvi va oqova tizimlari bilan qamrovi pastligi, infratuzilmaning eskirishi, suv sifatining yomonligi, samarasiz boshqaruv hamda normativ-huquqiy bazadagi bo‘shliqlar kabi muammolar alohida taʼkidlanadi. Bu muammolarning sabablari sifatida maʼlumotlar va ularning ochiqligi yetishmasligi, davlat idoralari o‘rtasida…

Oʻzbekistonda ijtimoiy sohaga doir investitsiyalarni boshqarishda shaffoflikni taʼminlash uchun yangi Geoportal ishga tushirildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan vazirlik va idoralar vakillari uchun maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga sarmoya kiritish jarayonini yanada shaffof, samarali va fuqarolar uchun qulay qilish imkonini beruvchi yangi Geoportal taqdimoti namoyish etildi. Mazkur raqamli platformaning ishga tushirilishi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi maqsad va vazifalarini amalga oshirish doirasida tashkil etilib,…

Davlat boshqaruvini shakllantirishda IHTT tavsiyalari ko‘rib chiqildi

2024-yilning 7-noyabr kuni Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan o‘tkazilgan hamda GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan “Davlat boshqaruvi sharhi”ning yakuniy hisoboti taqdimotiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Sharhdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi tizimini har tomonlama oʻrganish, uning samaradorligini baholash va takomillashtirish boʻyicha takliflar berishdan iborat edi.…