Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar o‘rganildi

Farg‘ona shahrida strategik rejalashtirish salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari vakillari, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari, axborot-tahlil bo‘linmalari hamda mahalla uyushmasi mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbir Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan…