Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar o‘rganildi

Farg‘ona shahrida strategik rejalashtirish salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari vakillari, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari, axborot-tahlil bo‘linmalari hamda mahalla uyushmasi mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbir Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan…

Global oʻzgarishlar instituti vakillari bilan uchrashuv

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida Global oʻzgarishlar institutining katta direktori Anand Pillai va katta menejeri Keytlin Koyl bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda tomonlar hamkorlikning oraliq natijalarini sarhisob qilib, kelgusi davr uchun rejalarni belgilab oldi. Toni Bler nomidagi Global oʻzgarishlar instituti (TBI) — Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri ser Toni Bler tomonidan asos solingan xalqaro notijorat…

Sanoatni rivojlantirish strategiyasi yuzasidan maslahatlashuv oʻtkazildi

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida Amerika Qoʻshma Shtatlarining “McKinsey & Company” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda “Sanoatni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini tayyorlash doirasidagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30-oktyabrdagi PF-201-son Farmoniga muvofiq, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan xorijiy…