«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi sessiyasida hududni 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Bu hujjat “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining uzviy davomi boʻlib, Qoraqalpogʻistonning imkoniyatlari, Orolboʻyi mintaqasining oʻziga xosligi va aholi talablarini roʻyobga chiqarishga moʻljallangan. Soʻnggi yillarda hudud iqtisodiyotida sezilarli oʻsish kuzatilmoqda. 2025-yil yakuniga koʻra, yalpi hududiy mahsulot 4,3 milliard dollarga yetdi. Endi esa asosiy maqsad…