Davlat boshqaruvi salohiyatini oshirish loyihasi yakunlandi
Toshkent shahrida “O‘zbekiston davlat boshqaruvining salohiyatini oshirishga ko‘maklashish” loyihasining yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, ish jarayonlarini raqamlashtirish, rahbar va xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu “O‘zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan “xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” maqsadlariga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 oktyabrdagi 201-farmoniga muvofiq, mamlakatimizda strategik rejalashtirish va…
