«Xorazm – 2030»: strategiya hududda odamlar hayotini qanday oʻzgartiradi?

Yangi ish oʻrni, oila daromadining oshishi, farzand uchun sifatli taʼlim va uydan uzoqda bo‘lmagan munosib mehnat sharoiti. «Xorazm — 2030» rivojlanish strategiyasi aynan shu kundalik ehtiyojlardan boshlanadi. Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasida muhokama qilingan loyihaning oʻzagida bitta savol turadi: har bir belgilangan marra oddiy xorazmlik hayotida qanday aks etadi? Strategiya Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish…