«Qashqadaryo – 2030» strategiyasi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi sessiyasida «Qashqadaryo – 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Hujjatning asosiy maqsadi 3,7 milliondan ziyod hudud aholisining kundalik hayotini yaxshilash, har bir oilaning farovonligini oshirishdir. Muhokamada deputatlar, tarmoq idoralari rahbarlari, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Strategiyada asosiy e’tibor avvalo ish o‘rni va munosib daromad masalasiga qaratilgan. Rejaga ko‘ra, faqat sanoat…
