«Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokamasi
Navoiy viloyati xalq deputatlari Kengashi sessiyasida «Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Hujjat Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan viloyat hokimligi hamda soha idoralari bilan hamkorlikda tayyorlangan. Strategiyaning bosh g‘oyasi — viloyatning sanoat quvvatini real farovonlikka yo‘naltirishdan iborat. 2030-yilga borib Navoiy viloyatini yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan, eksport va «aqlli shahar» boshqaruvi bo‘yicha…
