Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi “Namunali iqtidorli yosh xodim”

“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi (Government Quality Award) doirasida o‘tkazilgan tanlovda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi boshlig‘i Akbarxon Sobirxonov “Namunali iqtidorli yosh xodim”, deb topildi. Bu baho nafaqat uning shaxsiy faoliyati natijalarini, balki yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda muhandislik va startap harakatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli hamda innovatsion yondashuvini ham aks…