Oʻmon Sultonligi iqtisodiyot vaziri bilan uchrashuv

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi rahbariyati Oʻmon Sultonligi iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar strategik rejalashtirish, davlat boshqaruvi samaradorligi monitoringi hamda raqamli transformatsiya sohalaridagi tajribalari bilan o‘rtoqlashib, bu borada qo‘llanilayotgan yondashuvlarning o‘xshashligini qayd etdilar. Oʻmon iqtisodiyot vaziri COVID-19 pandemiyasi va neft narxining pasayishi sharoitida 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Vision 2040”…