“Uzatom” rahbari – namunali agentlik direktori
“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi (Government Quality Award) doirasida o‘tkazilgan baholash yakunlariga ko‘ra, Atom energiyasi agentligi direktori Axmedxadjayev Azim Israilovich “Namunali agentlik direktori” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu yuksak e’tirof unga milliy atom energetikasini shakllantirishdagi strategik yetakchiligi, atom dasturini konsepsiyadan amaliy bosqichga olib chiqishi hamda tarmoqni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va malakali kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissasi uchun…
