G‘olib tajribasi: Ichki ishlar vazirligi – davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha namunali davlat organi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi (Government Quality Award) doirasida o‘tkazilgan baholash yakunlariga ko‘ra, “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha namunali davlat organi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Ushbu e’tirof vazirlikda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan tizimli institutsional islohotlar samarasi sifatida baholanmoqda. Baholash qanday o‘tkazildi? Vazirlik faoliyati uchta…
